Shahnoza Mirziyoyeva: “Yaxshilikka eltuvchi har bir harakat – g‘alabadir”

O'zbekiston

Shahnoza Mirziyoyeva nafaqat Ijtimoiy himoya milliy agentligida, balki Paralimpia qo‘mitasida ham faoliyat yuritib, mamlakatdagi ijtimoiy adolat va inklyuzivlikni ta'minlash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Shahnoza Mirziyoyeva: “Yaxshilikka eltuvchi har bir harakat – g‘alabadir”
Kecha u Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu samimiy muloqot davomida Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining kasbga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy faoliyatining sabablari hamda hayotiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Mening boshqalar haqida o‘ylashimga va ularga g‘amxo‘rlik qilishimga nima turtki beradi?” — degan savolni talabalar berganda, men shunday javob berdim: ehtimol, eng asosiysi — bu o‘zimni kerakli va foydali deb his qilishdir. Mening harakatlarim biror narsani o‘zgartirishga qodir ekanini bilish hissi — bu juda muhim. Hatto bu o‘zgarish bir inson hayotida bo‘lsa ham, bu bebaho," — dedi u.

Uchrashuv davomida talabalar o‘z loyihalari, g‘oyalari va mamlakat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining kelajagiga oid fikrlarini bildirdilar.

“Men bu uchrashuvdan ruhlangan holda chiqdim. Oldimda betaraf bo‘lmagan, aqlli, maqsadga intiluvchi, yaxshilik istaydigan avlod borligini ko‘rdim,” — deya  Shahnoza Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqda fikrlarini qoldirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing