Tadbirkorlarga yanada qulay sharoitlar yaratish rejalashtirilmoqda
Biznes
2024-yil 30-avgust kuni Prezidentning 132-sonli Farmoni bilan tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ushbu hujjatga asosan tadbirkorlik sohasida muammolarni hal qilish uchun yangi qadamlar qo‘yilmoqda.
Farmonga ko‘ra, 1-noyabr 2024-yildan boshlab, kichik va o‘rta biznes subyektlarini davlat dasturlari asosida qo‘llab-quvvatlashda barcha tijorat banklari va mikromoliyaviy tashkilotlar jalb etiladi. Ular o‘z mablag‘lari hisobidan 300 million so‘mgacha bo‘lgan garovsiz mikrokreditlarni ajratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan e'tiboran, elektron onlayn auksionlarda mulk huquqi asosida bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini realizatsiya qilish aylanmasi QQSdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.
Farmonda, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov amalga oshirilganda, shartnoma limitlari oshirilishi va limitdan ortiq iste'mol qilingan energiya uchun to‘lov miqdori 10 baravarga kamaytirilishi belgilangan.
2025-yil 1-yanvardan 2028-yilgacha umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig‘i stavkasini 50% ga tushirish va turizm xizmatlari uchun QQSning bir qismini qaytarish tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Powered by Froala Editor