Shavkat Mirziyoyev Bryusselga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi

O'zbekiston

2025-yil 23-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqi rahbariyati taklifiga binoan Bryussel shahriga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Tashrifning asosiy maqsadi – siyosiy muloqotni mustahkamlash va O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashdir.

Shavkat Mirziyoyev Bryusselga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen taklifiga binoan Bryussel shahriga rasmiy tashrif bilan yetib bordi.

Tashrif davomida davlat rahbari Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Unda siyosiy, iqtisodiy va investitsiyaviy yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Tashrif doirasida eng muhim voqea sifatida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash rejalashtirilgan.

Prezident Mirziyoyev, shuningdek, Belgiya qiroli Filipp hamda yetakchi Yevropa kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Mazkur tashrif Toshkent va Bryussel o‘rtasidagi strategik muloqotni yanada mustahkamlash va O‘zbekiston–YI munosabatlariga yangi mazmun bag‘ishlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing