Shavkat Mirziyoyev Dubayda bir-qancha xorijiy kompaniyalar rahbarlarini qabul qildi

Iqtisodiyot

Uchrashuvlarda O‘zbekistonda turli sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Dubayda bir-qancha xorijiy kompaniyalar rahbarlarini qabul qildi
Bugun, 2-dekabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubayga tashrifi davomida oʻz sohasida yetakchi hisoblanadigan “ADQ”, “TAQA”, “Masdar”, “Amea Power”, “SWS”, “Air Products” va “Tadweer” kabi bir qator xorijiy kompaniyalar rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekistonda turli sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, “Tadweer” kompaniyasi bosh ijrochi va boshqaruvchi direktori Ali al-Daheriy bilan bo‘lgan uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, bunda ilg‘or texnologik yechimlarni joriy qilish rejalari ko‘rib chiqildi.

“SWS” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ahmad Al-Shamsiy bilan uchrashuvda esa O‘zbekiston hududlarida suv ta’minoti va suvni tozalash sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish, bunda xalqaro sheriklarni, shu jumladan Fransiyaning “SUEZ” va Yaponiyaning “Marubeni” kompaniyalarini jalb qilish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing