Yevropani norozilik namoyishlari qamrab oldi: besh mamlakatda namoyishlar va to‘qnashuvlar
Dunyo
Yevropaning bir qator mamlakatlarida — Fransiya, Ispaniya, Italiya, Albaniya va Portugaliyada — norozilik namoyishlari va to‘qnashuvlar kuzatilmoqda. Namoyishchilar turmush xarajatlarining oshishi, uy-joy va ta’lim muammolari, korrupsiya hamda harbiy siyosatga qarshi chiqmoqda. Ayrim shaharlarda namoyishlar zo‘ravonlik va hibsga olishlar bilan yakunlandi.
Euronews ma’lumotiga ko‘ra, oktabr oyida Milan, Madrid, Lissabon va Tirana kabi shaharlarda namoyishlar o‘tkazildi. Sabablar mamlakatlarga qarab farq qiladi, biroq ko‘plab chiqishlar maishiy xarajatlarning oshishi, hokimiyatga ishonchsizlik va davlat xizmatlari sifatidan xavotir bilan bog‘liq.
Fransiyada bir necha haftadan beri davom etayotgan aksiyalar ayrim joylarda to‘qnashuvlar, yong‘inlar, talon-toroj va ommaviy hibslar bilan kechdi. Tartibsizliklar avjiga chiqqan davrda qariyb 2 400 kishi hibsga olingani, xavfsizlik xizmati xodimlaridan deyarli ming nafari jarohatlangani xabar qilingan. Parijda namoyishchilar va mahalliy aholi orasida ham jarohatlanganlar bo‘lgan. 24-oktabrdagi umummilliy namoyishlarda hukumat 70 mingga yaqin xavfsizlik xodimini safarbar etdi; Ichki ishlar vazirligi 1 314 kishi hibsga olinganini bildirdi. «Sariq nimchalilar» harakati 31-oktabrga yangi namoyish belgiladi.
Italiyada minglab odamlar bir nechta shaharda narxlar oshishi, qayta qurollanish va mamlakatning urushlardagi ishtirokiga qarshi ko‘chaga chiqdi. Politsiya to‘qqiz kishi hibsga olingani va 371 kishi, jumladan 110 nafar voyaga yetmagan, qisqa muddatga bo‘limlarga olib borilganini ma’lum qildi.
Albaniyada 24-oktabr kuni Tirana shahrida minglab odamlar hukumatga qarshi namoyish o‘tkazdi. Davlat binolariga hujumlardan keyin politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalandi; o‘nlab namoyishchilar hibsga olindi. Rasmiylar namoyishchilar va politsiyachilar orasida 300 nafardan ortiq kishi jarohatlanganini bildirdi.
Portugaliyaning Lissabon, Portu, Aveiru, Braga va Koimbrada o‘tgan namoyishlari arzon uy-joy masalasiga bag‘ishlandi. Lissabonda norozilik lageri tugatilgach, politsiya 55 kishini hibsga oldi. Ispaniyada Barselonadagi yoshlar aksiyasidan keyin tartibsizliklar yuz berdi: qariyb 100 kishi hibsga olindi, do‘konlar va avtobus bekatlari shikastlandi.
Namoyishlar turli ijtimoiy va siyosiy e’tirozlarni aks ettiradi, biroq ko‘lami va oqibatlari mamlakatlarga qarab farqlanadi. Hukumatlar xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda, tashkilotchilar esa aksiyalarni davom ettirish niyatida.

Powered by Froala Editor