Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
O'zbekiston
Oʻzbekiston Prezidenti Samarqandga keldi. Tashrif chog‘ida u YUNVTOning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasida ishtirok etish uchun 16-oktabr kuni Samarqand viloyatiga keldi.
Davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Tashrif chog‘ida Prezident YUNVTOning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi. Tashkilot bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazish hamda turizm ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor