Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etadi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6–7 oktyabr kunlari Ozarbayjonga ishchi tashrif bilan boradi. Davlat rahbari Gabalada “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” shiori ostida o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitida ishtirok etadi.
Tashrif Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev taklifiga binoan amalga oshiriladi. Sammit doirasida a’zo davlatlar rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, innovatsion, energetika, transport-kommunikatsiya va gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.
Shuningdek, xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi. Tadbir yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator qo‘shma hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor