Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan qo‘ng‘iroqlashdi
Siyosat
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 29-noyabr kuni ertalab O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, O'zbekiston Prezidentining yaqinda Moskvaga tashrifi chog'ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettirish masalalari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 5-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qilgandilar.

Powered by Froala Editor