Shiddatli yomg‘ir yog'ishi tufayli Makka va Madinani suv bosdi

Dunyo

Saudiya Arabistonining ayrim hududlarida so‘nggi kunlarda kuchli yomg‘irlar natijasida suv toshqinlari yuzaga keldi. Ayniqsa, mamlakatning iqtisodiy markazi bo‘lgan Jidda shahrida yomg‘irlar tufayli ko‘chalar suv ostida qoldi, shaharlarga bog‘lovchi yo‘llar esa yomon ob-havo sharoitidan zarar ko‘rdi.

Shiddatli yomg‘ir yog'ishi tufayli Makka va Madinani suv bosdi
Saudi Gazette'ning xabariga ko‘ra, ziyoratchilar Makka va Madina shaharlarida kuchli yomg‘ir ostida qolgan. Khaleej Times nashrida e'lon qilingan videolarda, Makkadagi ziyoratchilar yomg‘ir tufayli o‘zlarini og‘ir sharoitda topganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, meteorologlar mamlakatning ayrim hududlarida kuchli yomg‘irlar chorshanbagacha davom etishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Saudiya Arabistonida qish mavsumida yomg‘irlarning kuchli bo‘lishi odatiy hol emas. 2024-yil aprel oyida mamlakatda kuchli yomg‘irlar sodir bo‘lib, Ummon va BAA ham yomon ob-havo sharoitidan zarar ko‘rgan edi.

Saudiya Arabistonida yomg‘irlar va toshqinlarning ko‘payishi mamlakatdagi infrastruktura va ob-havo boshqaruvi tizimlarini yaxshilash zaruriyatini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ziyorat qilish uchun Makkaga kelayotgan musulmonlar sonining ko‘paygani inobatga olinsa, bu shaharlarda tabiiy ofatlarga qarshi kurashishda ilg‘or texnologiyalar va tizimlarni joriy etish zarurati yanada oshadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing