Shimoliy Koreya askari Ukraina kuchlari tomonidan qo‘lga olindi

Dunyo

Shimoliy Koreyaning yarador bo‘lgan bir askari Ukraina kuchlari tomonidan qo‘lga olingani haqida Janubiy Koreyaning josuslik agentligi xabar berdi. Bu KXDR Ukrainadagi urushda rus qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun jangovar kuchlarni yuborganidan beri birinchi hodisadir.

Shimoliy Koreya askari Ukraina kuchlari tomonidan qo‘lga olindi
Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati juma kuni bayonot berib: “Hamkor davlatning razvedka agentligi bilan real vaqt rejimida ma’lumot almashinuvi orqali Shimoliy Koreyaning bir yarador askari qo‘lga olingani tasdiqlandi,” dedi.

Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligiga ko‘ra, Telegram messenjerida yarador bo‘lib, holdan toygan ko‘rinishda tasvirlangan Shimoliy Koreya askarining surati tarqalgan. Ammo askarning ahvoli va holati haqida batafsil ma’lumot yo‘q.

Shimoliy Koreya askarining qo‘lga olinishi haqidagi ma’lumot Ukraina nashri Militarnyi tomonidan e’lon qilindi. Nashrga ko‘ra, maxsus kuchlar Kursk viloyatida, Ukrain kuchlarining bosqinlari natijasida nazoratga olingan hududda, ushbu askarni qo‘lga olishgan. Nashr voqea qachon sodir bo‘lgani haqida aniq ma’lumot bermagan, shuningdek, Ukraina yoki Shimoliy Koreya rasmiylari tomonidan bu holat tasdiqlanmagan.

Militarnyining yozishicha, agar bu tasdiqlansa, bu Shimoliy Koreya jangchisining Ukraina kuchlari tomonidan ilk qo‘lga olinishi bo‘ladi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu hafta Kursk viloyatida Shimoliy Koreyaning 3 mingdan ortiq askari halok bo‘lgan yoki yaralanganini da’vo qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing