Shimoliy Koreya bir nechta qanotli raketalar uchirdi

Dunyo

Shimoliy Koreya o‘zining g‘arbiy sohilidan bir nechta qanotli raketalarni uchirdi.

Shimoliy Koreya bir nechta qanotli raketalar uchirdi
Bu haqda Janubiy Koreya armiyasiga tayanib, “Yonhap” agentligi ma’lum qildi.

Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar mahalliy vaqt bilan 07:00
atrofida uchirilgan. Raketalar soniga aniqlik kiritilmagan.

Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, bu bir hafta ichida uchinchi shunday sinovdir.

Janubiy Koreya harbiylari kuzatuvni kuchaytirganini va Shimoliy Koreyani kuzatish bo‘yicha AQSh bilan hamkorligini ta’kidladi.

Avvalroq Shimoliy Koreya suv osti kemasidan “Pulxvasal-3-31” qanotli raketalarini sinovdan o‘tkazgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing