Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari uchun javobgarlik amerikaliklar zimmasiga tushadi

Dunyo

Bu haqda Rossiya elchisi Aleksandr Matsegora KXDR tomonidan yadro sinovlari o‘tkazish ehtimoli haqida gapirganida ma’lum qildi.

Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari uchun javobgarlik amerikaliklar zimmasiga tushadi
Rossiya rasmiylariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yadroviy sinovlar o‘tkazishga qaror qilishi ehtimoldan yiroq emas, ammo bunday holat yuzaga kelsa, ular uchun javobgarlik AQSh va uning ittifoqchilari zimmasiga tushadi.

Matsegoraning so‘zlariga ko‘ra, agar Vashington tomonidan ig’vogarlik davom etsa va tobora xavfli tus olsa, KXDR o‘z davlatining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash maqsadida yadroviy sinov o‘tkazishga qaror qiladi. Uning ta'kidlashicha, voqealar bunday rivojlanishini hech kim istamaydi, lekin agar shunday bo’lib chiqsa, buning uchun javobgarlik butunlay amerikaliklar va ularning ittifoqchilari zimmasiga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiyaning mashg‘ulotlariga norozilik sifatida suv osti yadroviy qurol tizimini sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Milliy Mudofaa Akademiyasi qoshidagi Suv osti qurollari tizimlari instituti Yaponiya dengizida Heil-5-23 suv osti yadro quroli tizimini sinovdan o'tkazdi, hozir u ishlab chiqish bosqichida.

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sek Yol ushbu harakatlarga javoban, mamlakat yadroviy qurolga ega Shimoliy Koreyadan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tahdidga javoban yadroviy to'xtatuvchi vositani ishlab chiqish niyatida emasligini ta'kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing