Shols: Qorabog'liklarning huquqlari kafolatlanishi kerak
Siyosat
Germaniya kansleri Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefonda suhbatlashdi. U Tog‘li Qorabog‘ aholisiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish muhimligini ta’kidladi.
Ozarbayjon nazorati ostidagi Qorabogʻ armanlaridan tashkil topgan aholining huquqlari va xavfsizligi kafolatlanishi kerak. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols aytdi.
22-sentyabr kuni kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali gaplashgan Shols "mintaqadagi aholiga insonparvarlik yordami" vaziyatning diqqat markazida ekanligini bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, xalq xavfsizligi va insonparvarlik yordami “endi Ozarbayjon zimmasida”.
Shols Pashinyanga gumanitar yordam mintaqani Armaniston bilan bog‘laydigan “Lochin” yo‘lagi orqali amalga oshirilishi kerakligini ma’lum qildi.
Kansler harbiy kuch ishlatilishini yoqlamasligini ta'kidlab, Germaniya muzokaralar yo'li bilan yechim topish va Armaniston va Ozarbayjon o'rtasida mustahkam tinchlik o'rnatish tarafdori ekanini qo'shimcha qildi.

Powered by Froala Editor