Shvetsiya Rossiya va NATO o‘rtasidagi urushni real ssenariy deb hisoblamaydi
Dunyo
Shvetsiya hukumati Rossiyaning NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rayotganini ko‘rsatuvchi belgilarni kuzatmayapti, biroq gibrid tahdidlar kuchayayotganini qayd etmoqda. Bu haqda Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson Anqaradagi alyans sammiti doirasida Bloomberg’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva NATOga a’zo davlatga hujum qilishning ehtimoliy oqibatlarini yaxshi tushunadi. «Rossiya NATO davlatiga hujum qilish o‘ta yomon g‘oya bo‘lishini juda yaxshi biladi», — dedi Kristersson.
Shu bilan birga, bosh vazir Shvetsiya turli gibrid tahdidlar va dushmanona faoliyatning «ko‘plab belgilarini» kuzatayotganini ta’kidladi. U Yevropa davlatlarini Ukrainaga, avvalo, havo hujumidan mudofaa sohasida yordamni kuchaytirishga chaqirdi.
Avvalroq Shvetsiya parlamentining mudofaa komissiyasi Rossiya siyosiy sharoitlarni o‘zi uchun qulay deb hisoblasa, NATO davlatlaridan biriga qarshi harakat qilishi mumkinligini bildirgan edi. Shvetsiya qurolli kuchlari qo‘mondoni Mikael Klasson ham NATO shartnomasining 5-moddasi sinovdan o‘tkazilishi ehtimoli haqida ogohlantirgan.
Rossiya hukumati bunday baholarni rad etmoqda. Prezident Vladimir Putin NATOga ehtimoliy hujum haqidagi bayonotlarni Yevropa davlatlarining mudofaa xarajatlarini oshirishni oqlashga qaratilgan provokatsiya deb atagan.
Munozaralar fonida Yevropa davlatlari mudofaa rejalashtirishini kuchaytirib, kiberxavflar, diversiyalar va gibrid qarama-qarshilikning boshqa shakllariga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

Powered by Froala Editor