Shvetsiyada iroqlik muhojir yana Qur’oni Karimni yoqish aksiyasini oʻtkazdi

Dunyo

Iroqlik muhojir Salvan Momika yana Qurʼoni Karimni yoqish aksiyasini oʻtkazdi. U 28-iyun — Qurbon hayiti kuni ham Stokgolmda odamlarni toʻplab muqaddas kitobni yoqib yuborgan edi.

Shvetsiyada iroqlik muhojir yana Qur’oni Karimni yoqish aksiyasini oʻtkazdi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’oni Karimni yoqish bilan bog‘liq aksiya bo‘lib o‘tdi. Report nashrining xabar berishicha, aksiya tashkilotchisi iroqlik 37 yoshli muhojir Salvan Momika bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ungato‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan shaxs politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur aksiyada 200 ga yaqin kishi ishtirok etgan.

“Tadbirda keskin muhit shakllangan edi. Politsiya aksiya davomida yana bir necha kishini qo‘lga olgani qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Salvan Momika 28-iyun — Qurbon hayiti kuni Stokgolmda odamlarni toʻplab, Islom dinining muqaddas kitobi — Qurʼoni Karimni yoqib yuborgan edi. Mazkur miting Stokgolm politsiyasining ruxsati bilan amalga oshirilgandi. Bu musulmonlarning keskin noroziligiga sabab boʻlgan.

Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi muqaddas kitoblarni kamsituvchi har qanday xatti-harakatlarni qoralab, bunday harakatlarni xalqaro huquqning buzilishi deb tan olgan rezolyutsiyani qabul qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing