Shveytsariyaning Davos shahrida Jahon iqtisodiy forumi boshlandi

Iqtisodiyot

Shveytsariyadagi 54-forumning mavzusi — "Ishonchni tiklash”.

Shveytsariyaning Davos shahrida Jahon iqtisodiy forumi boshlandi
Forumda 60 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, yuzlab jahon biznes vakillari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ular orasida Yevropa komissiyasi prezidenti, shuningdek, Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi, Afrika, Isroil va Ukraina rahbarlari bor.

Shuningdek, BMT, JSST, XVJ, NATO va 40 ga yaqin nodavlat tashkilotlar ishtirok etishi kutilmoqda. Asosiy mavzular: “Bo‘lingan dunyoda xavfsizlik va hamkorlik”, “Yangi davrda o'sish va ish o'rinlarini yaratish”, “Sun'iy intellekt iqtisodiyot va jamiyat uchun harakatlantiruvchi kuch sifatida” va “Iqlim, tabiat va energiya bo‘yicha uzoq muddatli strategiya”.

Ta’kidlash joizki, forum so'nggi o'n yilliklardagi eng qiyin geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatda o'tmoqda. So'nggi yillarda yuqori darajadagi tadbir obro'li shaxslar katta g'oyalar haqida gapiradigan, lekin dunyodagi jiddiy muammolarga yechim topishda sezilarli yutuqlarga erishmayotgan “tanlanganlar klubi”ga aylangani uchun tanqid ostida qoldi.

Forum shuningdek, korporativ samolyotlarda uchadigan badavlat rahbarlarni qabul qilgani uchun ham tanqid qilingan. Atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari vakillarining so'zlariga ko'ra, bu iqlimni muhofaza qilish bo'yicha chaqiriqlarga ziddir, boisi xususiy samolyotlar atrof-muhitga zarar yetkazadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing