SI Global Janub uchun: Nyu-Dehlida xalqaro sammit boshlandi
Texnologiya
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida Global Janub mamlakatlari uchun sun’iy intellektga bag‘ishlangan ilk yirik forum — India AI Impact sammiti boshlandi. Besh kun davom etadigan tadbirda texnologiyalar rivojlanayotgan davlatlar taraqqiyotini qanday tezlashtirishi muhokama qilinadi.
Sammit 16–20 fevral kunlari o‘tkazilib, unda dunyo yetakchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, texnologik kompaniyalar va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Muhokamalarning asosiy mavzulari — davlat boshqaruvida, barqaror rivojlanishda va innovatsiyalarda sun’iy intellektning o‘rni. Shuningdek, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyada amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etiladi.
Tashkilotchilar bunday tashabbuslar mahalliy SI yechimlarining imkoniyatlarini va ularning rivojlanayotgan mamlakatlarda hayot sifatini oshirishga ta’sirini namoyish etishini ta’kidlashmoqda.
Sammit ishida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hamda BMTning raqamli va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha maxsus vakili Amandip Gill ishtirok etmoqda.

Powered by Froala Editor