Si Szinpin Oq uyda AQSh va Xitoyni muloqot va «sog‘lom raqobat»ga chaqirdi

Dunyo

Xitoy rahbari Si Szinpin Vashingtonga tashrifi davomida AQSh va Xitoyni muloqotni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish va raqobatni aniq chegaralar doirasida olib borishga chaqirdi. Donald Tramp bilan muzokaralar 24-sentabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tdi.

Si Szinpin Oq uyda AQSh va Xitoyni muloqot va «sog‘lom raqobat»ga chaqirdi
Si Xitoy va AQShni buyuk davlatlar deb atab, ikki mamlakat insoniyat taraqqiyotiga ko‘maklashish uchun tarixiy mas’uliyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ochiq va muntazam muloqot o‘zaro tushunish hamda ishonchni mustahkamlashga yordam beradi.

Xitoy rahbari sun’iy intellektga ham alohida to‘xtaldi. U Xitoy va AQSh bu sohada yetakchi davlatlar ekanini aytib, AI rivoji va boshqaruvi inson nazorati ostida bo‘lishi hamda odamlar manfaatiga xizmat qilishi kerakligini bildirdi.

Si raqobat «sog‘lom» bo‘lishi va aniq chegaralarga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, raqobat «biri g‘alaba qozonib, boshqasi mag‘lub bo‘ladigan» qarama-qarshilik emas, balki sport musobaqasiga o‘xshashi lozim. U ikki mamlakat harbiylari muntazam muloqotni davom ettirishi va inqirozlarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishi zarurligini aytdi.

Si kelgusi besh yil davomida 100 ming nafar yosh amerikalikni Xitoyga ta’lim va almashinuv dasturlari uchun taklif qilishini e’lon qildi. Shuningdek, Atlanta hayvonot bog‘iga ikki panda yuborilishini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing