Si va Bayden muzokaralar uchun San-Fransiskoga keldi
Siyosat
Prezident Si Szinpin 2017-yildan beri ilk bor AQShga tashrif buyurdi. Chorshanba kuni kechqurun San-Fransiskoda dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti yetakchilari yakkama-yakka muzokaralar o'tkazadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin Kaliforniyaning San-Fransisko shahriga yetib kelishdi va u yerda bugun, 15-noyabr kuni yakkama-yakka muzokaralar o‘tkazishadi.
Dunyoning eng kuchli iqtisodiga ega davlatlarning Prezidentlari Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) yillik sammiti doirasida nomaʼlum joyda uchrashmoqchi.
Bu Si Szinpinning 2017-yildan beri har qanday miqyosda AQShga qilgan ilk safari bo‘lib, bu ikki yetakchining o‘tgan noyabr oyidan beri birinchi yuzma-yuz, yakkama-yakka muloqoti bo‘ladi.
Muzokaralar sovuq AQSh-Xitoy aloqalari fonida bo'lib o'tadi, chunki Xitoy dunyoning eng yirik iqtisodiyoti unvoniga yaqinlashib, AQSh yoki uning ittifoqchilari bilan to'qnash keladigan vaziyatda turibdi.
“Biz Xitoy bilan ajralishga harakat qilmayapmiz. Biz qilmoqchi bo'lgan narsa – munosabatlarni yaxshi tomonga o'zgartirish", dedi Bayden seshanba kuni.
San-Fransiskoga yo‘l olgan “Air Force One” bortida Oq uy milliy xavfsizlik vakili Jon Kirbi jurnalistlarga Bayden va Si Szinpin G‘azodagi Isroil-HAMAS mojarosi, AQShning Ukrainani Rossiyaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlash harakatlari, Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari haqida gaplashishini aytdi.

Powered by Froala Editor