Siberian Wellness — xalqaro bozorda 30 yil!

Maxsus loyiha

"Bright Uzbekistan" xalqaro jurnali asoschisi va noshiri Davron Abdullayev hamda "Siberian Wellness" xalqaro kompaniyasi prezidenti Tatyana Germanovna Goroxovskaya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Siberian Wellness — xalqaro bozorda 30 yil!
Uchrashuv davomida Tatyana Goroxovskayaga "Bright Uzbekistan" jurnalining uchinchi soni topshirildi. Mazkur sonda joriy yilda o‘zining 30 yillik yubileyini nishonlayotgan "Siberian Wellness" kompaniyasi nashr rezidentlari qatorida taqdim etilgan.

Tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari, xalqaro aloqalarni rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi yangi imkoniyatlarni muhokama qildilar.

"Bright Uzbekistan" jamoasi "Siberian Wellness" kompaniyasini 30 yillik yubileyi bilan chin dildan muborakbod etadi hamda kompaniyaga kelgusi faoliyatida zafarlar, barqaror rivojlanish va xalqaro maydonda yangi cho‘qqilarni zabt etishini tilab qoladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing