Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O'zbekiston

Xudjamov Bobur Alisher o‘g‘li Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bobur Xudjamov 1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti va 2015-yilda Kardiff Metropolitan universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ushbu tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing