Sloveniyada Prezidentni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
Lyublyanada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Lyublyana shahri markazidagi Kongress maydonida Sloveniyaga davlat tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi rahbarini Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar tantanali kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Yetakchilar qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Marosimdan so‘ng davlat rahbarlari "Yulduz" bog‘iga borib, barcha urushlar qurbonlari xotirasiga hurmat va tinchlik g‘oyalariga sadoqat ramzi sifatida yodgorlik poyiga gullar qo‘ydilar.

Powered by Froala Editor