Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin
Texnologiya
Ilon Mask asos solgan SpaceX kompaniyasiga qarashli sun’iy yo‘ldosh internet xizmati Starlink O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab ish boshlashi kutilmoqda. Bu haqda Starlink rasmiy saytida ma’lumot berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 13-avgustdan boshlab Starlink qo‘shni Qozog‘istonda faoliyatini boshladi. Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu texnologiya mamlakat aholiga hatto eng chekka va qiyin hududlarda ham yuqori tezlikdagi barqaror internetdan foydalanish imkonini bermoqda.
Starlink past orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘idan foydalanadi, bu esa an’anaviy provayderlar yetib bormaydigan joylarda ham sifatli ulanishni ta’minlaydi.
Xizmatning O‘zbekistonda ishga tushirilishi mamlakatning raqamli rivojlanishida va hududlarda internet imkoniyatlarini kengaytirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor