Starshipning sakkizinchi uchirilishi raketaning qulashi bilan yakunlandi
Texnologiya
SpaceX kompaniyasining Starship kosmik kemasi prototipining navbatdagi sinov uchirilishi avariya bilan yakunlandi. Startdan 10 daqiqa o‘tgach, raketa bilan aloqa uzilgan.
Starship Texasdagi kosmodromdan muvaffaqiyatli uchirildi va taxminan 150 kilometr balandlikka ko‘tarildi, ammo tez orada dvigatellar ishdan chiqdi va raketa havoda qulab tushdi. Vayronalar yerga qulab tushdi, ijtimoiy tarmoqlarda esa Floridada yonayotgan bo‘laklarning qulashi aks etgan kadrlar paydo bo‘ldi.
AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi SpaceX’dan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi. Kompaniya "rejalashtirilmagan tezkor uzilish" sodir bo‘lganini tasdiqladi va parvozni sinchkovlik bilan tahlil qilishga va’da berdi.
Qayd etilishicha, 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Starship’ning avvalgi - yettinchi parvozi ham muvaffaqiyatsiz yakunlangan. 4-martga mo‘ljallangan sakkizinchi test boshlanishiga 40 soniya qolganda bekor qilingandi, endi esa navbatdagi urinish yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Ilon Mask kompaniyasi keyingi ishga tushirishda xatolarni hisobga oladimi yoki yo‘qmi - buni vaqt ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor