Startap Loyihalar Uchun Yangi Rivojlanish Imkoniyati

Texnologiya

Prezident qaroriga binoan, raqamli texnologiyalar sohasidagi startap loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Raqamli startaplar dasturi amalga oshiriladi. Ushbu dastur innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotni yanada kengaytirishga qaratilgan.

Startap Loyihalar Uchun Yangi Rivojlanish Imkoniyati
Raqamli startaplar dasturida 6 oydan 7 yilgacha bo‘lgan faoliyat davomiyligiga ega, yillik daromadi 10 milliard so‘mdan oshmagan startaplar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, ular inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari haqida hujjatga ega bo‘lishlari zarur. Bu dastur startap loyihalarini xorijiy bozorga chiqishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, startap ekotizimi ishtirokchilari orasida venchur jamg‘armalar, xususiy investorlar va akseleratsiya, inkubatsiya dasturlarini tashkil etuvchi tadbirkorlar ham bor. Dastur kelajakda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston startap ekotizimiga yangi turtki berib, mamlakatni raqamli texnologiyalar sohasida ilg‘or davlatlardan biriga aylantirishga ko‘maklashadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing