Suriya prezidenti Ahmad al-Sharaa Kurdlar bilan kelishuvga erishdi
Dunyo
Kelishuv natijasida shimoliy-sharqiy hudud ilk bor Suriya hukumati nazoratiga o‘tadi. Bu hudud 2012-yilda, fuqarolik urushi boshlanganida, kurdlar yetakchiligidagi ma’muriyat tomonidan mustaqil boshqarila boshlagan edi.
Suriya hukumati mamlakat shimoliy-sharqini nazorat qilayotgan, kurdlar yetakchiligidagi Suriya Demokratik Kuchlari (SDF) bilan kelishuvga erishdi. Ushbu kelishuv guruhni milliy armiyaga qo‘shish va butun mamlakat bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan.
Kelishuvga ko‘ra, joriy yil oxirigacha shimoliy-sharqiy Suriyadagi barcha davlat muassasalari – jumladan, chegaralar, aeroportlar va neft konlari – Suriya hukumati nazoratiga o‘tadi.
Bundan tashqari, Asad rejimi davrida taqiqlangan kurd tili maktablarda o‘qitilishi va kurd milliy bayramlari rasmiy ravishda nishonlanishiga ruxsat beriladi.
Kelishuv matnida barcha suriyaliklarning dini va millatidan qat'i nazar, yangi siyosiy jarayonda ishtirok etish huquqiga egaligi ta’kidlangan.
Bu kelishuv Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Sharaa uchun katta yutuq bo‘ldi. U mamlakat ustidan hukumat nazoratini mustahkamlash maqsadida SDF bilan muzokaralar olib borgan.
Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan isyonchi guruhlar, hozirda Suriya armiyasining bir qismi sifatida faoliyat yuritmoqda, va Asad rejimi qulagandan beri SDF bilan deyarli har kuni to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgandi. Kelishuv e’lon qilingandan so‘ng, bu to‘qnashuvlar to‘xtatilishi kutilmoqda.
Kelishuv e’lon qilinganidan so‘ng shimoliy-sharqiy Suriyaning Raqqa shahrida va Damashqda ko‘chalarga chiqqan odamlar xursandchilik bilan nishonlashdi.
Bitim Suriya Mudofaa vazirligi Asad tarafdorlari bilan olib borilgan harbiy amaliyot yakunlanganini e’lon qilganidan keyin imzolandi. Ushbu to‘qnashuvlar Asadga sodiq kuchlar payshanba kuni Suriya xavfsizlik kuchlariga qaratilgan muvofiqlashtirilgan hujum uyushtirganidan keyin boshlangan edi.
Ahmed al-Sharaa tinch aholiga qilingan hujumlar uchun javobgarlik bo‘lishini va’da qilib, shunday dedi:
"Biz tinch aholining qoni to‘kilishida aybdor bo‘lgan, fuqarolarga yomon munosabatda bo‘lgan, davlat vakolatlarini suiiste’mol qilgan yoki shaxsiy manfaatlari uchun hokimiyatdan foydalangan har bir shaxsni qat’iy ravishda javobgarlikka tortamiz."
Kurd aholisi Asad rejimi ostida ko‘p yillar davomida tazyiqqa uchragani sababli shubha bilan qarashmoqda.
Suriya hukumati janubdagi druz jamoasi bilan ham kelishuvga erishishi lozim, chunki ular mamlakatning yangi hukumatidan mustaqil bo‘lishni saqlab qolgan.
Shuningdek, Suriya janubida Isroil hujumlari xavfi mavjud. Isroil hukumati markaziy hukumat druz jamoasiga zarar yetkazsa, harbiy aralashuv qilish bilan tahdid qilmoqda. Druziya yetakchilari esa har qanday Isroil intervensiyasiga qarshi chiqmoqdalar.
Dushanba kuni kechqurun, Damashq va SDF o‘rtasidagi kelishuv imzolanganidan keyin, Suriya telekanaliga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari janubdagi Daraa viloyatida harbiy obyektlarni bombardimon qilgan.

Powered by Froala Editor