Suriyada Asadning amakivachchasi hibsga olindi
Dunyo
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadning amakivachchasi Atef Najib hibsga olindi. Suriyaning muvaqqat hukumati kuchlari, Latakiya viloyatida qo‘lga olingan Najibni, Suriya xalqiga qarshi jinoyat sodir etishda ayblamoqda.
Najib Latakiya viloyatida qo‘lga olingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Bashar Asad hukmronligi davrida janubiy Dara viloyatining Siyosiy xavfsizlik boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan.
Najib Suriya xalqiga qarshi jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan va uning hibsga olinishi mamlakatda qonunbuzarliklarni tergov qilish va mintaqada xavfsizlik hamda barqarorlikni mustahkamlash choralari doirasida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 29 yanvar kuni, Ahmad ash-Sharo (Abu Muhammad al-Jo‘loniy) Suriyaning o‘tish davridagi prezidenti deb e’lon qilindi. Suriyadagi bu siyosiy inqirozning qanday rivojlanishi, davlatning kelajagi va xalqning farovonligi uchun qanday ta’sirlar keltirishi, hali aniq emas. Ammo, shubhasiz, bu voqea, Suriya uchun yangi bir davrning boshlanayotganini anglatsa ajab emas.

Powered by Froala Editor