Suv osti ekskursiyasi baxtsiz hodisaga aylandi
Dunyo
Xurgada qirg‘oqlarida "Sindbad" sayyohlik batiskafi cho‘kib ketdi, uning bortida 45 nafar sayyoh bo‘lgan. Rossiya Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar rossiyaliklardir. Olti kishining o‘limi tasdiqlandi, bir necha kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Kema 27-mart kuni ertalab dengizga chiqdi va marjon qoyalariga ekskursiyaga ketayotgan edi. Biroq qirg‘oqdan bir kilometr uzoqlikda avariya sodir bo‘lgan, uning sabablari hozircha noma’lum. 29 kishi qutqarilgan, Misr OAVlari to‘qqiz kishi jabrlangani haqida xabar bermoqda.
Bunday holat birinchi marta emas. 2024-yil noyabr oyida Qizil dengizda Sea Story kemasi halokatga uchradi, o‘shanda 11 kishi halok bo‘lgan edi. Xurgada yonidagi fojia tafsilotlari aniqlanmoqda.
Bunday holat birinchi marta emas. 2024-yil noyabr oyida Qizil dengizda Sea Story kemasi halokatga uchradi, o‘shanda 11 kishi halok bo‘lgan edi. Xurgada yonidagi fojia tafsilotlari aniqlanmoqda.
Powered by Froala Editor