“Parij-2024”: Bugun O‘zbekistonlik Sportchilar 4 Ta Sport Turida Maydonga Tushadi

Sport

O‘zbekiston delegatsiyasi “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi to‘rtinchi kunini 4 ta sport turi bo‘yicha davom ettiradi.

“Parij-2024”: Bugun O‘zbekistonlik Sportchilar 4 Ta Sport Turida Maydonga Tushadi
Xususan, akademik eshkak eshish (yakkalik), dzyudo, boks va futbol bo‘yicha sportchilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Kunning birinchi musobaqasi akademik eshkak eshish bo‘yicha Anna Prakaten tomonidan o‘tkaziladi, u yakkalik bahslariga soat 12:30 da (Toshkent vaqti bilan) kirishadi. Dzyudo bo‘yicha esa -81 kg vazn toifasida Sharofiddin Boltaboyev soat 13:00 da tatamiga chiqadi.

Kun davomida asosiy e'tibor bokschilarimizning ishtirokidagi bahslarga qaratiladi. Soat 16:08 da Sitora Turdibekova ayollar o‘rtasidagi -57 kg vazn toifasida ringga chiqadi, 19:50 da esa Nigina O‘ktamova (-54 kg) Olimpiadadagi ikkinchi bahsini KXDR vakilasi Cholmi Pangga qarshi o‘tkazadi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarni Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) ochib beradi. Olimpiya chempioni Hasanboy soat 23:15 da Puerto-Riko vakili Xuanma Lopez de Xesusga qarshi ringga chiqadi. 00:05 da esa yana bir umidli bokschimiz To‘rabek Habibullayev -80 kg vaznda tanikli filippinlik charm-qo‘lqop ustasi Eumir Marsiyalga qarshi ringga chiqadi.

Tarixdagi ilk Olimpiadasida muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan futbolchilarimiz esa guruhdagi eng so‘nggi uchrashuvini Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin soat 18:00 ga rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ayrim sportchilarimiz muddatidan oldinroq ham bahslarini boshlashi mumkin, bu boshqa sportchilarning ishtiroki tez yakunlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing