Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi

O'zbekiston

“Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi
Jamg‘arma mablag‘lari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi, jumladan:

-muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
-tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun grantlar ajratish;
-ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish.

Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

Muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagilarga ruxsat beriladi:

-Jamg‘arma mablag‘larini milliy va xorijiy valyutalarda bank depozitlariga joylashtirish;
-grantlar va beg‘araz texnik ko‘mak vositalarini jalb qilish;
-jismoniy va yuridik shaxslarga to‘lov asosida tadqiqotlar natijalari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish hamda tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlarini berish.



Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing