Tailand va Kambodja sulhga kelishdi
Dunyo
Tailand va Kambodja chegaradagi uzoq davom etgan qurolli to‘qnashuvlardan so‘ng yangi sulh bitimini imzoladi.
Tailand va Kambodja shanba kuni chegaradagi hududiy da’volar sabab yuzaga kelgan bir necha haftalik qurolli to‘qnashuvlarga barham berish maqsadida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Sulh mahalliy vaqt bilan tush atrofida kuchga kirdi. Bitimga ko‘ra, tomonlar harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatishi hamda harbiy maqsadlarda havo hududini buzmasligi shart.
Kambodja mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv imzolangan kuni ertalab Tailand harbiy-havo kuchlari Kambodja hududiga zarbalar bergan. Shunga qaramay, tomonlar sulh shartlariga rioya qilishini tasdiqladi.
Shuningdek, kelishuvga binoan, Tailand iyul oyida boshlangan janglardan beri ushlab turgan 18 nafar kambodjalik harbiyni sulh kuchga kirganidan 72 soat o‘tib ozod qilishi lozim. Bu talab Pnompen uchun asosiy shartlardan biri bo‘lgan.

Powered by Froala Editor