Tailandda AQSh so‘rovi bilan “jahon darajasidagi xaker” hibsga olindi
Texnologiya
Pxuket orolida AQSh tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan rossiyalik fuqaroni hibsga olish operatsiyasi o‘tkazildi. Operatsiya FBI vakillari ishtirokida o‘tkazilgan va AQSh hamda Tailand o‘rtasidagi kiberjinoyatchilikka qarshi hamkorlikni kuchaytirish doirasida amalga oshirilgan.
Phuket News portali xabariga ko‘ra, hibs AQShning rasmiy ekstraditsiya so‘rovi asosida amalga oshirilgan. Bu haqda 12 noyabr kuni Tailand kiberpolitsiyasi (TCSD) matbuot anjumanida e’lon qilgan.
TCSD ma’lumotlariga ko‘ra, 35 yoshli rossiyalik AQSh va Yevropadagi davlat idoralarining raqamli infratuzilmasiga hujumlarda gumon qilinmoqda. AQSh hukumati uni “jahon darajasidagi xaker” deb atagan. Ishni FBI olib bormoqda.
Tailand Bosh prokuraturasi AQSh so‘rovi asosida uning hibsga olinishi va ekstraditsiya jarayonini boshlashni ma’qullagan. Rossiyalik fuqarosi xorijiy davlat tomonidan qidirilayotgan shaxs sifatida qamoqqa olingan.
Thaiger portali xabar berishicha, gumonlanuvchi 30 oktyabr kuni Pxuketga kelgan va Thalang tumanidagi mehmonxonada yashagan. Hibs vaqtida uning noutbuki, bir nechta telefonlari va kriptokosheligi musodara qilingan.
TCSD ma’lum qilishicha, FBI xodimlari hibs jarayonida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. Rossiyalikni AQShga ekstraditsiya qilish jarayoni yaqin kunlarda boshlanadi.

Powered by Froala Editor