Tailandga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun soliq joriy etilmoqda

Dunyo

Tailand hukumati mamlakatga tashrif buyuruvchi chet ellik sayyohlar uchun 300 batlik (8,8 AQSh dollari) turizm solig‘i joriy etilishini e’lon qildi. Tailand Turizm va sport vaziri Soravong Tienthongning so‘zlariga ko‘ra, mazkur soliq yil oxiriga qadar kuchga kiradi.

Tailandga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun soliq joriy etilmoqda
Bu tizim Tailandning yuqori turizm mavsumi boshlanganida amaliyotga tatbiq etiladi. Agar rejaga ko‘ra, mart oyida tasdiqlansa, yil oxirida kuchga kirishi kutilmoqda.

Ushbu soliq qanday ishlaydi?

Havo yo‘li orqali kelgan chet ellik sayyohlar 300 bat/trip to‘laydi.
Quruqlik va suv yo‘li orqali kirganlar ham 300 bat to‘lashadi, ammo ular 30-60 kun davomida bir necha marta mamlakatga kirish huquqiga ega bo‘ladilar.

Thailand Digital Arrival Card (TDAC) tizimi orqali ma’lumotlar integratsiya qilinib, soliq yig‘imlari osonlashtiriladi. TDAC 1-maydan kuchga kiradi.

Vazir Soravongning ta’kidlashicha, turizm solig‘i xorijlik sayyohlar oqimini kamaytirmaydi, chunki soliq miqdori unchalik katta emas. Bundan tashqari, bir necha elchixonalar bu tizimni qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki ushbu yig‘im sayohatchilar uchun hayot va baxtsiz hodisalar sug‘urtasini ta’minlashga yordam beradi.

Boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda, Tailand hukumati sayyohlarga qulay sharoit yaratish maqsadida soliq yig‘imini soddalashtirilgan tizimda joriy etmoqchi.

Oldingi bosh vazir Srettha Tavisin davrida ushbu soliq rejasi to‘xtatib qo‘yilgan edi, chunki hukumat turizm daromadlarini yillik 3 trillion batga yetkazish maqsadini ko‘zlagan edi. Yangi boshqaruv esa bu soliq orqali turistlar uchun xizmatlarni yanada yaxshilashni rejalashtirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing