Ta’lim sifatini oshirish uchun raqamlashtirish jarayoni jadallashmoqda

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida, ta’lim muassasalarini raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish kerakligini ta’kidladi. Ushbu jarayon 2024-yilda ham davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

Ta’lim sifatini oshirish uchun raqamlashtirish jarayoni jadallashmoqda
So‘nggi besh yilda 13 500 dan ortiq kompyuter sinflari zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlandi. Kelgusi yilda yana 2 000 kompyuter sinfi yangilanadi va ushbu maqsadlar uchun budjetdan 400 milliard so‘m ajratiladi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini oshiradi.

O‘quv jarayonini yanada interaktiv va qiziqarli qilish maqsadida, har bir viloyatda 10 tadan maktabda virtual laboratoriyalar tashkil etiladi. Ushbu laboratoriyalar orqali o‘quvchilar murakkab fanlarni osonroq o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, o‘qituvchilarga o‘z yutuqlari va yangi ishlanmalarini taqdim etish uchun yagona onlayn platforma yaratish rejasi ham e’lon qilindi. Bu platforma ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida innovatsiyalarni kengaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, davlat bog‘chalari tizimi to‘liq raqamlashtiriladi, bu esa mablag‘larning 10 foizga tejashiga olib keladi. Ushbu iqtisod qilingan mablag‘lar “Ta’limni rivojlantirish” jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing