Tanzila Narbayeva Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumida ishtirok etdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumida ishtirok etdi. Forum 28–29-sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro paktlarning 60 yilligi va Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 40 yilligiga bag‘ishlangan mavzuda o‘tkazilmoqda.
Forumda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, milliy inson huquqlari institutlari, ekspertlar va ilmiy doira vakillari, fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari hamda biznes vakillari qatnashmoqda. Tadbirda jami qariyb 200 nafar ishtirokchi, jumladan 10 ta xalqaro va 8 ta mintaqaviy tashkilot, sakkiz xorijiy davlatning milliy inson huquqlari institutlari vakillari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev forum ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Unda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, inson qadr-qimmatini yuksaltirish hamda bu boradagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Forumning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Tanzila Narbayeva O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etdi. Parlamentning qonunchilikni takomillashtirish, davlat budjeti mablag‘larining fuqarolar huquq va manfaatlarini ta’minlashga yo‘naltirilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar huquqlarini himoya qilishdagi roli alohida ta’kidlandi.
Forum muhim yubiley sanalari nishonlanayotgan yilda o‘tkazilmoqda. 2026-yilda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt qabul qilinganiga 60 yil, Rivojlanish huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinganiga 40 yil va O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi tashkil etilganiga 30 yil to‘ladi.
Forum kun tartibida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar rivoji bilan bog‘liq yangi chaqiriqlar ham muhokama qilinmoqda. Jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, tenglik va xavfsizlik, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro mexanizmlarini zamonaviy sharoitlarga moslashtirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
Forumning asosiy g‘oyasi — inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror rivojlanish yo‘lida global sheriklikni mustahkamlash.

Powered by Froala Editor