Tanzila Narbayeva Qirg‘iz Respublikasi Torag‘asi bilan uchrashdi

Siyosat

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 26-sentyabr kuni mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Nurlanbek Shakiyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.

Tanzila Narbayeva Qirg‘iz Respublikasi Torag‘asi bilan uchrashdi
Muzokaralar chog‘ida parlamentlar hamkorligini yana-da kuchaytirish bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va imzolash, chegaraoldi viloyatlarning mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida hamkorlikni faollashtirish, parlament diplomatiyasini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan fikr almashilgan.

Shuningdek, siyosiy muloqot va madaniy-gumanitar almashinuvni hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Mamlakatlar o‘rtasida savdo hajmini $ 2 mlrd.ga yetkazish uchun yetarli salohiyat va barcha imkoniyatlar mavjudligi alohida qayd etilgan.

Suhbat davomida ikki davlat transport-logistika imkoniyatlarini kengaytiradigan loyihalarni amalga oshirishda saʼyi-harakatlarni birlashtirish, Toshkent va Bishkek shaharlarida savdo uylarini ochish kabi amaliy jihatlar muhokama qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing