Tanzila Norboyeva Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi spikeri bilan uchrashdi

Siyosat

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya parlamentlararo hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tanzila Norboyeva Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi spikeri bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston ishchi delegatsiyasi tarkibida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi spikeri Jon Makfoll bilan muzokaralar tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik muloqotni kengaytirish, parlament diplomatiyasini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni hamda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Buyuk Britaniyada, O‘zbekistonda va butun dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni hisobga olib, parlamentlararo muloqotni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro aloqalar va yaqin munosabatlarni mustahkamlash maqsadida qonunlar qabul qilish, parlament nazoratini amalga oshirish va parlament a’zolarining tashriflarini o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashish, xalqaro parlament tuzilmalari doirasida konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Muzokaralar va erishilgan kelishuvlar asosida hamkorlik bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing