Tarixdagi eng tez rivojlanayotgan qora tuynuk aniqlandi
Dunyo
U har kuni Quyoshimiz kattaligidagi jismlarni yutib yuboradi.
Xalqaro astrofiziklar jamoasi Piktor yulduz turkumidagi eng yorqin va eng tez o‘sayotgan nihoyatda katta qora tuynukni aniqladilar. U Quyoshdan 500 trillion marta yorqinroq va uning massasi yulduz massasidan taxminan 17 milliard marta oshadi.
Olimlar ushbu obyektni Yerdan 12 milliard yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan Piktor yulduz turkumida joylashgan qadimiy va uzoq galaktikaning faol yadrosi J0529 4351 kvazarni (koinotning uzoq joyidagi kuchli radionurlanish manbai) o'rganish chog'ida aniqladilar. Biz ushbu obyektni Katta portlashdan keyingi dastlabki 2 milliard yil ichida, koinotning yoshlik davrida mavjud bo'lgan holatda ko'rmoqdamiz.
"Biz koinotdagi eng tez o'sayotgan qora tuynukni topdik. U bizning Quyoshimizdan taxminan 17 milliard marta og'irroq va u har kuni Quyoshdagidan bir oz ko'proq materiyani yutib yuboradi. Bu uni koinotdagi eng yorqin obyektga aylantirmoqda”, —dedi Avstraliya Milliy universiteti dotsenti Kristian Volf.
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, olimlar ilgari J0529 4351 kvazar ekanligiga shubha qilmaganlar, chunki u ko‘rinadigan radioto‘lqinlarni chiqarmaydi va uning ulkan optik yorqinligi astronomlarni uni Somon yo‘lidagi yulduzlardan biri deb hisoblashiga sabab bo‘lgan. Yaqinda olimlar AllBRICQS osmon tadqiqoti davomida J0529 4351 qadimgi, uzoq galaktikadagi o'ta katta qora tuynuk ekanligini aniqladilar.

Powered by Froala Editor