O‘zbekiston iqtisodiyoti 100 milliard dollarlik tarixiy marrani zabt etdi

O'zbekiston

Bugun, 20-noyabr, Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishi boshlandi. Yangi qabul qilingan Konstitutsiyaga muvofiq, quyi palatada ilk bor Bosh vazir lavozimiga nomzod va Hukumatning kelgusi 5 yillik harakatlar dasturi muhokama qilinadi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 100 milliard dollarlik tarixiy marrani zabt etdi
Prezident yig‘ilish avvalida o‘tgan 5 yil davomida amalga oshirilgan dasturlar ijrosi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti ikki barobar o‘sib, ilk bor 100 milliard dollarlik marrani zabt etdi. Shu bilan birga, aholi jon boshiga daromad 2018-yildagi 1,600 dollardan 3,000 dollarga yetishi kutilmoqda.

Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng tez rivojlanayotgan uch mamlakat qatoriga kirdi. Mamlakatda kambag‘allik darajasi so‘nggi to‘rt yil ichida 23 foizdan 11 foizga tushdi, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 9 foizgacha kamayishi prognoz qilinmoqda.

Eksport ko‘rsatkichlari ham sezilarli darajada oshdi: mamlakat ilk bor 25 milliard dollardan ortiq eksport hajmiga erishdi. Shuningdek, oltin-valyuta zaxiralari 40 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi olti barobarga ortib, natijada 1,5 million yangi yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu yutuqlarni davom ettirish uchun Hukumatning kelgusi 5 yillik harakatlar dasturi muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi va parlament a’zolarini ushbu masalalarni puxta o‘rganishga chaqirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing