Sanepidqoʼmita fuqarolarni yoʼl yoqasidagi tarvuz va qovunlarni sotib olmaslikka chaqirdi

O'zbekiston

Bunday poliz mahsulotlari avtotransport vositalarining chiqindilaridan toksik moddalarni oʼziga oʼzlashtiradi hamda sog'lik uchun xavfli hisoblanadi.

Sanepidqoʼmita fuqarolarni yoʼl yoqasidagi tarvuz va qovunlarni sotib olmaslikka chaqirdi
Sanepidqoʼmita fuqarolarni hech qachon yoʼl yonidagi chodirdan tarvuz va qovun sotib olmasligi kerakligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda qo'mita axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, bunday poliz mahsulotlari va mevalar avtotransport vositalarining chiqindilaridan toksik moddalarni oʼziga oʼzlashtiradi va sogʼliq uchun zararli hisoblanadi.

Dietologlar faqat pishgan qovunni – asosiy ovqatlar orasida, boshqa ovqatlar bilan aralashmasdan isteʼmol qilishni maslahat bermoqda. Uni och qoringa, shuningdek, kechqurun 17:00-19:00 soatdan keyin isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.


Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing