Tayvanda 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila sodir bo'ldi
Dunyo
Tayvanning Xualyan shahridagi zilzila so'nggi 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila bo'ldi. Bu haqda orol markaziy meteorologiya boshqarmasi rahbari U Chien Fu ma'lum qildi.
"Bugungi 7,2 magnitudali zilzila 1999-yil 21-sentyabrdan beri eng kuchli zilzila bo'ldi. Tayvan bo'ylab, shu jumladan uning Markaziy va Shimoliy qismlarida silkinishlar sezildi", — dedi u.
1999-yil 21-sentyabrda Jiji shahrida 7,3 magnitudali zilzila qayd etilgan. Tabiiy ofat oqibatida 2,4 ming kishi halok bo‘lib, 11,3 ming kishi jarohat olgan edi.
1999-yil 21-sentyabrda Jiji shahrida 7,3 magnitudali zilzila qayd etilgan. Tabiiy ofat oqibatida 2,4 ming kishi halok bo‘lib, 11,3 ming kishi jarohat olgan edi.
Powered by Froala Editor