TBC Uzbekistan dunyoning yetakchi fintech kompaniyalari reytingiga kirdi
O'zbekiston
TBC Uzbekistan raqamli banki CNBC va Statista tomonidan tuzilgan global reytingda to‘liq raqamli banklar (neobanklar) toifasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyodan ilk bor kiritilgan fintech kompaniyasi bo‘ldi.
2025-yil 16-iyul sanasi O‘zbekistonning fintech sektori uchun tarixiy kun bo‘ldi — TBC Uzbekistan ekotizimi dunyodagi eng yaxshi neobanklar ro‘yxatiga kirdi. Bu O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo hududi uchun birinchi bunday xalqaro e’tirofdir.
CNBC va Statista reytingi — fintech sohasidagi eng nufuzli ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Reyting daromad, foyda, mijozlar bazasining o‘sishi, tranzaksiyalar hajmi, jamoa soni va boshqa muhim ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladi.
TBC Uzbekistan’ning ushbu reytingga kirishi kompaniyaning nafaqat mahalliy bozordagi yetakchi o‘rnini, balki uning biznes modeli samaradorligini ham tasdiqlaydi. TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdianining aytishicha, bu natija kompaniyaning barqaror o‘sish, innovatsiya va raqamli mijoz ehtiyojlarini chuqur tushunishga asoslangan strategiyasining natijasidir.
“Bu bizninggina emas, balki butun O‘zbekiston fintech bozorining salohiyati e’tirofidir — u bugungi kunda dunyodagi eng istiqbolli va jadal rivojlanayotgan bozorlardan biri”, — dedi Kurdiani.
So‘nggi bir yil ichida TBC o‘z mahsulotlar qatorini sezilarli darajada kengaytirdi: kundalik to‘lovlar uchun Salom Card debet kartasi, Osmon Card kredit kartasi, TBC Business platformasi va TBC Sug’urta sug‘urta kompaniyasi ishga tushirildi. 2025-yil iyun oyida TBC Uzbekistan chakana savdo avtomatizatsiyasi bo‘yicha yetakchi SaaS platforma — BILLZ’ning nazorat ulushini xarid qilib, kichik va o‘rta biznes sektoridagi pozitsiyasini mustahkamladi.
TBC oldida ulkan rejalari bor: ekotizimani kengaytirish, yangi mahsulotlar va yangi bozorlarga chiqish. Global reytingga kirish — bu yakun emas, balki yangi boshlanishdir.

Powered by Froala Editor