TDT Bosh kotibi Vengriyada o‘tkazilgan Buyuk Hun-Turk Qurultoyida ishtirok etdi
Dunyo
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi, Janobi Oliylari elchi Kubanichbek Omuraliyev 2026-yil 14–16-avgust kunlari Vengriyaning Bugach shahrida o‘tkazilgan Buyuk Hun-Turk Qurultoyida ishtirok etdi.
Vengriyaning “Turan” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan uch kunlik tadbirda 27 dan ortiq turkiy jamoalar vakillari, jumladan, TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar ishtirokchilari qatnashdi.
Qurultoy dasturidan an’anaviy sport turlari, musiqa, hunarmandchilik va turli madaniy tadbirlar o‘rin oldi. Bu yil ilk bor yaqinda topilgan arxeologik yodgorliklar hamda yuzlarning antropologik rekonstruksiyalari namoyish etildi.
TDT Bosh kotibining tadbirdagi ishtiroki tashkilotning turkiy dunyoning umumiy madaniy va tarixiy merosini asrash hamda targ‘ib qilishga, shuningdek, a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasidagi madaniy hamkorlik va xalqlararo aloqalarni mustahkamlashga e’tiborini namoyish etdi.
Vengriyaga tashrifi davomida Kubanichbek Omuraliyev Lakitelek shahrida o‘tkazilgan xotira marosimida ham ishtirok etdi.

Powered by Froala Editor