Telegram global nosozligi bir soatdan ko‘proq davom etdi!
Texnologiya
3-oktabr kuni Telegram messenjeri ishida katta uzilish kuzatildi. O‘zbekiston va Rossiyadagi foydalanuvchilar messenjerning web-versiyasidan foydalana olmadi, xabarlar jo‘natilmadi va ilova ochilmadi. Bu so‘nggi uch kun ichidagi ikkinchi shunday nosozlikdir.
DownDetector saytining ma’lumotlariga ko‘ra, 3-oktabr kuni 28 000 dan ortiq shikoyatlar kelib tushgan. Foydalanuvchilar web-versiyaning ishlamasligi, ilovaning ochilmasligi va xabarlarning jo‘natilmasligidan shikoyat qilganlar.
Shuningdek, 1-oktabr kuni ham Telegram ishida katta nosozlik kuzatilgan edi. Bu vaqtda faqat Rossiyada emas, balki boshqa mamlakatlarda ham foydalanuvchilar messenjer ishlamayotganidan shikoyat qilgan. Qiziqarli tomoni, bu nosozlik Eronning Isroilga qilgan raketa hujumi bilan bir vaqtda sodir bo‘lgandi.
Bugungi nosozlikning sabablari haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi. Messenjer foydalanuvchilari nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilishini umid qilmoqda.

Powered by Froala Editor