Telegram Rossiyada deyarli ishlamayapti

Texnologiya

Rossiyada Telegram messenjeri ishlashi keskin yomonlashdi — muvaffaqiyatsiz so‘rovlar ulushi bir hafta ichida qariyb 80% ga yetdi, ayrim hududlarda esa 90% ga yaqinlashdi.

Telegram Rossiyada deyarli ishlamayapti
Kommersant nashri Merilo ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, 9–15 mart kunlari Telegram domenlariga muvaffaqiyatsiz murojaatlar ulushi 79,4% ga yetib, 47 foiz punktga oshgan.

Markaziy federal okrugda bu ko‘rsatkich 76,5% ni tashkil etib, bir hafta ichida 60 foiz punktga o‘sdi. Boshqa hududlarda esa uzilishlar darajasi 90% ga yaqinlashmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bloklashning notekisligi tahdidlarga qarshi texnik vositalar (TSPU) imkoniyatlari bilan bog‘liq. Filtrlash tizimlarining quvvati turlicha bo‘lib, 2,5 millionga yaqin qoidalarni qayta ishlashda bir xil samaradorlikni ta’minlay olmayapti.

Ekspertlar Telegram’ni to‘liq bloklash qiyinligini qayd etadi, biroq mavjud cheklovlar messenjerdan foydalanishni amalda imkonsiz darajaga olib kelishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing