Telegram telefon raqamlarini tasdiqlash usulini joriy etdi

Texnologiya

Telegram o‘zining raqamlar tasdiqlash xizmatini soddalashtiruvchi yangi yechim — Telegram Gateway ni taqdim etdi. Bu haqda messenjerni asoschisi Pavel Durov e’lon qildi.

Telegram telefon raqamlarini tasdiqlash usulini joriy etdi
Durovning so‘zlariga ko‘ra, endi kompaniyalar tasdiqlash kodlarini foydalanuvchilarga bevosita Telegram orqali jo‘natib, katta mablag‘larni tejashi mumkin. Buning afzalligi an’anaviy SMS kodlar bilan solishtirganda tejamkorlik, tezlik va xavfsizlikda namoyon bo‘ladi.

Telegram Gateway orqali bitta tasdiqlash kodingi narxi atigi 0,01 dollarni tashkil etadi. Agar foydalanuvchining raqami Telegramda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, bu xizmat bepul bo‘ladi. Shu paytgacha platforma milliardlab raqamlarni tasdiqlab ulgurdi, bu esa boshqa kompaniyalarga xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.

Durov, shuningdek, Telegram’da yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishini e’lon qildi. Jumladan, foydalanuvchilar jo‘natilgan xabarga keyinchalik media fayllarni qo‘shishlari, postlarning tahrir qilingan vaqti bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing