Tesla aksiyalari bir kunda 15 foizga tushib ketdi
Texnologiya
10-mart, dushanba kuni Tesla aksiyalari 15% dan ortiq pasayib, 2024-yil noyabrida Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin kuzatilgan barcha o‘sishni yo‘qqa chiqardi, deya xabar bermoqda dpa axborot agentligi.
Tesla aksiyalari 2024-yil dekabr o‘rtalarida eng yuqori darajaga yetgan bo‘lib, o‘shanda bitta aksiyaning narxi 480 dollar edi, bu esa Tramp saylov kampaniyasi davridagi narxdan ikki baravar yuqori edi.
Hozirgi vaqtda aksiyalar 222 dollar atrofida baholanmoqda, bu esa Tesla kompaniyasining umumiy qiymatini 1,5 trillion dollardan 715 milliard dollarga tushirib yubordi. Taqqoslash uchun, Ford kompaniyasining bozor qiymati 40 milliard dollar, General Motors’ning esa 48 milliard dollar atrofida.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Tesla aksiyalarining keskin tushishi Ilon Maskning moliyaviy holatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Chunki u o‘z aksiyalarini garov sifatida qo‘yib kredit oladi, bu esa uni qog‘ozda dunyoning eng boy odami sifatida ko‘rsatadi.
Biroq, aksiyalar ma’lum bir darajadan pastga tushsa, kreditorlar qo‘shimcha garov talab qilishi mumkin. Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda Maskning umumiy boyligi hali ham 300 milliard dollardan ortiq.
Maskning siyosiy bayonotlari ham Tesla biznesiga zarar yetkazmoqda. Xususan, u Germaniyada o'tkazilgan so‘nggi muddatidan oldin bunday saylovlar chog‘ida o‘ta o‘ngchi “Germaniya uchun Alternativa” (AfD) partiyasini faol targ‘ib qilgan, bu esa Tesla avtomobillariga bo‘lgan talabning Germaniyada keskin pasayishiga olib keldi.
Bundan tashqari, 2024-yilda Germaniya hukumati elektromobil xaridorlari uchun subsidiya dasturini bekor qilgani tufayli, Tesla’ning savdosi 41% ga pasayib, 37 574 dona avtomobil sotilgan xolos.

Powered by Froala Editor