Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishidagi nutqi
O'zbekiston
Hurmatli Sadir Nurgʻojoyevich! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti, hurmatli Sadir Nurgʻojoyevich Japarovga samimiy qabul va sammitni yuksak darajada tashkil etgani uchun chin dildan minnatdorlik izhor etaman.
Qardosh qirgʻiz xalqini davlat suverenitetining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Biz Qirgʻizistonning ishonch bilan jadal rivojlanib borayotgani va uning xalqaro maydondagi nufuzi izchil mustahkamlanayotganini koʻrib turganimizdan mamnunmiz.
Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni munosabati bilan bildirilgan ezgu tilaklar uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman.
Qozogʻiston Respublikasi Qurultoyining birinchi sessiyasi ochilishi munosabati bilan hurmatli Qosim-Jomart Kemelevich Toqayevga bildirilgan tabriklarga qoʻshilaman.
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Biz Qirgʻizistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida erishilgan samarali natijalarni yuksak baholaymiz, bugungi majlis kun tartibi va qarorlar loyihalarini qoʻllab-quvvatlaymiz.
Ushbu sammit ShHT tashkil etilganining 25 yilligi nishonlanayotgan yilda boʻlib oʻtmoqda.
Hamkasblarimning oʻtgan chorak asr davomida ushbu tashkilot oʻzining zarurligi va samaradorligini namoyon etdi degan fikrlariga toʻliq qoʻshilaman.
Tashkilot “Shanxay ruhi” tamoyillariga amal qilgan holda, teng huquqli muloqotni taʼminladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga koʻmaklashdi.
Oʻzbekiston ShHT tashkil etilgan dastlabki kunlardan boshlab uning ochiq, bloklardan xoli va tinchliksevar hamkorlik platformasi sifatida mustahkamlanishini izchil qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.
Biz hamkorligimiz markazida ShHTning geografik va strategik oʻzagi boʻlgan Markaziy Osiyo turganini alohida qadrlaymiz.
Hurmatli hamkasblar!
Uchrashuvimiz geosiyosiy boʻlinish, ishonch taqchilligi ortib borayotgan, mojarolar keskinlashayotgan va xalqaro huquq yemirilayotgan bir davrda oʻtmoqda.
Yaqin Sharqdagi vaziyatning rivoji alohida tashvish uygʻotmoqda.
Biz mintaqada muloqotni qayta tiklash va keskinlikni yumshatishning qatʼiy tarafdorimiz.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
ShHT oldida turgan eng dolzarb vazifalarga toʻxtalib oʻtmoqchiman.
Bugungi kunda nafaqat yuzaga kelayotgan muammolarni samarali hal etish, balki uzoq muddatli istiqbolda Tashkilotni qanday holda koʻrishni istashimizni aniq tasavvur qilishimiz ham muhimdir.
Davlatlarimizning raqobatbardoshligi ularning salohiyatlarini birlashtirish va birgalikda rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga tayyorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq.
Ishonchim komilki, ShHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, ishlab chiqarish va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi lozim.
Shu bois, “ShHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” konseptual qarashini ishlab chiqishga kirishishni taklif etaman.
Uning asosiy maqsadi investitsiyalar, texnologiyalar va bilimlar erkin almashiniladigan, yirik infratuzilma va sanoat loyihalari amalga oshiriladigan, mintaqalar, biznes va odamlar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar kengayib boradigan oʻzaro bogʻliq va barqaror makonni shakllantirishdan iborat boʻlishi lozim.
Iqtisodiy soha ShHT samaradorligining muhim ustuvor yoʻnalishi va bosh koʻrsatkichi hisoblanadi.
Soʻnggi yillarda biznes hamkorligimizning geografiyasi va yoʻnalishlari barqaror ravishda kengayib bormoqda.
Oʻzbekistonda ShHT mamlakatlari bilan birgalikda bir yarim mingdan ortiq qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda, oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmi ortmoqda.
Ushbu dinamikani koʻp tomonlama qoʻshilgan qiymat zanjirlarini barqaror rivojlantirishga yoʻnaltirish zarur.
Shu maqsadda maxsus iqtisodiy zonalar, ishlab chiqarish jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlashtiradigan ShHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqishni taklif etamiz.
Natijada biznes, investorlar va davlat tuzilmalari uchun amalda universal raqamli darcha paydo boʻladi.
Hozirning oʻzidayoq umumiy tamoyillarni kelishish bosqichidan ShHT Taraqqiyot bankini amalda ishga tushirishga oʻtish zarur deb hisoblaymiz.
Ushbu institut faoliyati umummintaqaviy ahamiyatga ega boʻlgan, hayotga tatbiq etish uchun tayyor investitsiya takliflariga tayanishi lozim.
Hukumat rahbarlari kengashi transport, energetika, sanoat kooperatsiyasi va raqamli infratuzilma sohalaridagi ustuvor loyihalar portfelini tanlashni boshlashi kerak.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin janoblarining Sunʼiy intellekt sohasida hamkorlik boʻyicha butunjahon tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbusini olqishlaymiz.
Oʻylaymanki, ShHT ushbu yangi texnologik alyansning birinchi hamkorlari qatorida boʻlishi kerak.
Sunʼiy intellektni rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlarimizni birlashtirish maqsadida ShHTning ochiq koʻp tilli maʼlumotlar korpusini shakllantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishni ham taklif etamiz.
Bundan tashqari, kelgusi yili Toshkentda ShHTning sunʼiy intellekt va yangi raqamli yechimlar boʻyicha forumini oʻtkazishga tayyormiz.
Aziz doʻstlar!
Iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavf-xatarlar mamlakatlarimizning oziq-ovqat, suv va energetik xavfsizligiga tobora koʻproq taʼsir koʻrsatmoqda.
Yuzaga kelgan vaziyat ShHT doirasida oʻzaro chambarchas bogʻliq ushbu masalalar boʻyicha yagona kun tartibini shakllantirish zaruratini taqozo etmoqda.
Ushbu kun tartibini ilgari surish maqsadida ShHTning kompleks dasturlarni, texnologiyalar va ilgʻor bilimlar almashinuvini muvofiqlashtiradigan ixtisoslashgan mexanizmini tashkil etishni taklif etamiz.
2035-yilga qadar suv va energetika samaradorligi sohasida ShHTning texnologik hamkorlik dasturini ishlab chiqish bu yoʻnalishdagi qadamlardan biri boʻlishi mumkin.
Xalqaro transport yoʻlaklarining keng tarmoqli tizimini shakllantirishni davom ettirish oʻta muhimdir.
ShHTga aʼzo davlatlarning temir yoʻl makonlari integratsiyasi boʻyicha kengash taʼsis etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Logistika infratuzilmasini rivojlantirishni muvofiqlashtirish va milliy transport tizimlarining choksiz oʻzaro bogʻlanishini taʼminlashni uning ustuvor vazifasi sifatida koʻramiz.
Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikka saqlash mintaqamiz xavfsizligi va taraqqiyoti uchun fundamental ahamiyatga ega.
Barchamizga yaratuvchan mintaqaviy jarayonlarga integratsiyalashgan, farovon qoʻshni mamlakat kerak.
Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng koʻlamli masalalarini muhokama qilish uchun ShHTning Afgʻoniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklash vaqti keldi.
Ishonchim komilki, bugun ShHT Xartiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma, shuningdek, Universal markaz va Antinarkotik markaz to‘g‘risidagi nizomlarning qabul qilinishi Tashkilotimizning institutsional rivojlanishida yangi bosqichni boshlab beradi.
Toshkent shahrida Xavfsizlikka tahdid va xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha universal markazning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratamiz.
Madaniy-gumanitar hamkorlik bizning oʻzgarmas ustuvor yoʻnalishimiz boʻlib qolmoqda.
Xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida 2028-2030-yillarga moʻljallangan anʼanaviy sanʼat va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash hamda ommalashtirish boʻyicha hamkorlik dasturini tayyorlashni taklif etaman.
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Soʻzimning yakunida Pokiston Islom Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishdek masʼuliyatli vazifani qabul qilib olgani munosabati bilan hurmatli Shahboz Sharif janoblariga bildirilgan tabrik soʻzlariga qoʻshilaman.
Oʻzbekiston bundan buyon ham keng mintaqamiz barqarorligi va ravnaqi yoʻlida oʻzaro hurmat, yaxshi qoʻshnichilik va ishonch ruhini mustahkamlashga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor.

Powered by Froala Editor