Timur Kapadze Indoneziya Terma Jamoasini Boshqarishi Mumkin

Sport

Indoneziya futbol federatsiyasi yangi bosh murabbiy izlashni yakuniy bosqichga olib chiqdi va asosiy nomzodlardan biri sifatida o‘zbek mutaxassisi Timur Kapadzeni ko‘rib chiqmoqda. Goal Media xabariga ko‘ra, qisqa ro‘yxatga yana ikki nomzod kiritilgan: “Persiya” sobiq murabbiyi, germaniyalik Tomas Doll va Iroq termasining sobiq ustozi Xesus Kasas.

Timur Kapadze Indoneziya Terma Jamoasini Boshqarishi Mumkin
Bu ehtiyoj Patrik Klyuyvertning o‘zaro kelishuv asosida jamoani tark etganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Gollandiyalik murabbiy jamoani yanvar oyida qabul qilgan bo‘lsa-da, natijalar kutilganidek bo‘lmadi — Iroqqa 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat Indoneziyaning JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi.

Agar Kapadze tayinlansa, u Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida milliy terma jamoani boshqargan ilk o‘zbek murabbiylaridan biriga aylanadi. Avvalroq u Xitoy terma jamoasiga bosh murabbiylikka ham nomzod bo‘lgan. Hozirda Kapadze O‘zbekiston terma jamoasida Fabio Kannavaroning yordamchisi sifatida ishlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing