Tinch okeani texnologiyalari transferi markazi Boshqaruv kengashiga rais saylandi

O'zbekiston

Osiyo va Tinch okeani texnologiyalari transferi markazi (APCTT) Boshqaruv kengashining har yilgi yig’ilishida kelgusi yil uchun Boshqaruv kengashi raisi saylovi o’tkazildi.

Tinch okeani texnologiyalari transferi markazi Boshqaruv kengashiga rais saylandi
Bugun, 6-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish agentligi raisligida BMTning Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va Ijtimoiy Komissiyasining (ESCAP) Osiyo va Tinch okeani texnologiyalari transferi markazi (APCTT) Boshqaruv kengashining 19-sessiyasi o’z ishini boshladi.

APCTT Boshqaruv kengashi yig’ilishiga O’zbekiston ilk bor mezbonlik qilmoqda.

Ayni damda davom etayotgan sessiyada Olimjon To’ychiyev 2024-yil uchun Boshqaruv kengashi raisi sifatida yana bir bor saylandi.

Ma’lumot uchun, APCTT ning 2022-yil Tailand Qirolligining Bangkok shahrida o’tkazilgan 18-sessiyasida Olimjon To’ychiyev 2023-yil uchun Boshqaruv kengashi raisi sifatida saylangan edi. Bu yil Boshqaruv kengashi yig’ilishi O’zbekistonda ilk bor o’tkazilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing